Ota mehriga to'yolmaganlar... Ko'rinsada baxtli, kam-ko'stsiz asli, Rang-barang o'tsada yilning har fasli, Ko'rsatmay yig'larlar, beozor sasli, Otasini sog'inib ko'rolmaganlar, Mehribonin mehriga to'yolmaganlar. Dardingiz olsada bir dardkash bo'lib, Ko'zi miltillab boqsada kulib, Asli har soniya olar o'lib- tirilib, Otasin har lahzada qumsayotganlar, Kelmasada mehribonin zor-zor kutganlar. Otasin tush ko'rgan kun bayramday, Qumsab yig'lagani tugamas alamday, Do'st yo'q unga asli zabonsiz qalamday, Otasini sog'inib alam yutganlar, Mehribonin mehriga to'ymay o'tganlar. "Otajon!" deya beozor pichirlab aytarlar, Mozor borib otasin ko'rolmay qaytarlar, Qalblarin tun-u kun sog'inch o'rtarlar, Otas