OSON DEB UYLAMANG ERKAK ZOTIGA, BIR UMR MUNG'AYIB O'TISHI MUMKIN.
NOGAHON MINSA U G'AZAB OTIGA, SHAYTONNI BUG'ZIDAN TUTISHI MUMKIN.
AZALDAN PODSHOHGA BERILMAS BUYRUQ, ERKAKNI ERKIDAN BO'LING EXTIYOT.
EXTIMOL AYOLDEK QIRQTA JONI YOQ, LEK SABRI SANALSA QIRQ MINGDAN ZIYOD.
Omadimning kulgani shudir,Qalbingizda topibman qadr,Meni mendan ko'p qadrlagan,Do'stlarimning boriga shukr.Goh yiqilib, gohida turdim,Yaxshi yomon kunlarni ko'rdim,Yashayapman kim uchun bildim,Do'stlarimning boriga shukr.Yaxshi kun bor, yomon kun ham bor,Dushmanlarim qilolmaydi xor,Bir mehrga etmaydilar zor,Do'stlarimning boriga shukr.Sizlarga baxt omad so'rayman,Sizlar uchun jonim beraman,Men sizlarni yaxshi ko'raman,Do'stlarimning boriga shukr.Boylik uchun do'st emas ular,Har insonga yaxshilik qilar,Manmanlikdan qochadi bular,Do'stlarimning boriga shukr.Oqibatli bo'laylik derlar,Qon qarindosh g'amini yerlar,Shoshilmasdan o'ylab ish qilar,Do'stlarimning boriga shukr.Sening baxting ey Shular
(Bunga yig'lash kerak kulmoqlik emas turkumidan)
Osonmi?
(nimaga doim dardli she'rlar yozasiz deganlarga)
Bilmadim, dunyoda shuncha yo'l yurib,
Qanday zavq beroldim qadamlarga men.
Rosti tushunmadim ko'kragin kerib,
-Yashash oson - degan odamlarga men.
Osonmi kimnidir sevib jon qadar,
Keyin yor-yor aytib, kulib kuzatmoq
Va yo mehridaryo, g'amxo'r otaga,
Ko'zyoshla gul kabi qizin uzatmoq.
Doktorga osonmi operatsiyadan
Boshi xam, yuragi dog' bo'lib qaytish.
"Bardam bo'ling" deyish keyin kimgadir,
"Qo'ldan kelganini qildik"- deb aytish.
Qora xat keltirib yorug' xonaga,
Berolmay ich-eting yeyish osonmi.
Ko'zlari jovdirab turgan onaga
"Farzanding qaxramon" - deyish osonmi.