Sog'inch yana simlar qoqadi
Jonim qachon kelasan qachon?
Men yoningda bo'laman ishon
Baxt bizlarni quulagan zamon;
Masofalar bizni ayirgan
Oramizda yo'llar bor jonim
Biz albatta baxtli bo'lamiz
Saodatli yo'llar bor jonim;
Qalbim to'la bor sevgim bilan
Yaratganga qilgum ibodat
Shunday hisni dilimga solib
Bermay qo'ymas aslo saodat;
Gam chekmang siz aslo azizam
Hislarimga hech jafoim yo'q
Mehr to'la yurakdan boshqa
Axir bizning hech vaqomiz yo'q.
Zavqqa to'lgan bu kunlar haqqi
Gumonlarga tutmang siz quloq
Biz albatta baxtli bo'lamiz
Emas bizdan u kunlaq yiroq.
Yaratganning inoyati ishq
Onaning zor ibodati ishq
Biz shu qadar baxtli bo'lamiz
Yuraklarning saxobati ishq!