MUSOFIRDA YURGAN OʻZBEKLAR
Bola chaqam zoriqmasin deb,
O'zga yurtda oila g'amin yeb.
Nolishni ko'rmas o'ziga ep,
Musofirda yurgan o'zbeklar.
Qahratonni pisand qilmaydi,
Ro'zg'orim deb tinim bilmaydi,
Yuragini sog'inch qiynaydi,
Musofirda yurgan o'zbeklar.
Musofirlik toshi og'irdir,
Qo'li qadoq, yelka yag'irdir.
Sogʻinganda dil qon bagʻirdir
Musofirda yurgan oʻzbeklar .
Kun keladi toʻylar qilasiz ,
Dangʻillatib uylar qilasiz .
Qoʻshsha qoʻshsha moshin olasiz,
Musofirda yurgan oʻzbeklar .
Qayda boʻlsa robbim Alloh deng,
Halol kiyib, Halolidan yeng ,
Ibodatda oching qalbni keng.
Musofirda yurgan oʻzbeklar.
Bir kun bari yaxshi boʻladi ,
Uyingizga shodlik
Husniddin Xoliqov - O’zbekiston (Qo'shiq matni) [www.megalyrics.uz]
Yetmish yil ko`z yoshim artdi yolg`onim,
Qora qumg`onda choy, moysiz yovg`onim,
Sarbonsiz cho`llarda daydigan Majnun,
Ipak yo`llarda izsiz karvonim.
Salom, o`zligiga qaytgan ummonim,
O`zimniki bo`lgan O`zbekistonim!
O`zbekiston, O`zbekiston, O`zbekiston,
Yurtim mening, mening ona Vatanim!
O`zbekiston, O`zbekiston, O`zbekiston,
Yurtim mening, mening ona Vatanim!
Madh aytib, sen bilan maqtanmoq oson,
Mulki Samarqand deb, mulki Xuroson.
O`zingniki emas, hatto o`chog`ing –
O`zingdan bir kuni chiqmasa sulton.
Salom, Temurlardan tomchigan qonim,
O`zimniki bo`lgan O`zbekistonim!
O`zbekiston, O`zbekiston, O`
Karantinda cho'ntaklari qurib qolgan, Yurtga kelib besh olti oy turib qolgan. Qaytolmayin yo'lga qarab ko'zi tolgan. Akalarim, ukalarim omon bo'ling. Vaqti kelib yo'llar yana ochiladi, Jarraq Jarraq dollirlar ham sochiladi. Ishsizlikning tugunlari yechiladi. Tog'alarim, jiyanlarim omon bo'ling. Allox bergan rizqingizni teravering, Qayda bo'lsa halol mehnat qilavering. Mehnatingiz rohatini ko'ravering. Mahalladosh, Yurtdoshlarim omon bo'ling. Natashalar ko'nglingizni ovlamasin, Aldab Aldab cho'ntagingiz kovlamasin. Xo'jayinlar pul bermasdan haydamasin. Bratishka, bratlarim omon bo'ling.
Boshiga tashvishlar yog'sa ham. Ichiga ko'zyoshi oqsa ham. Alamdan yuragi yonsa ham, Erkakni yig'latma Xudoyim. Saqlash chun shanini orini, Oh demas olsa ham jonini. Oilam deb baxsh etar borini, Erkakni yig'latma Xudoyim. Chidaydi hayotning toshiga, Toshlar yog'sa ham boshiga. Tog'lar bosh egadi bardoshiga, Erkakni yig'latma Xudoyim. Uylansin o'g'ilu , qiz ko'rsin, Ulg'ayib to'qsonu yuz ko'rsin. Qiblaga kechikmay yuz bursin, Erkakni yig'latma Xudoyim