Sizga ham bizga ham ISLOM muborak!
Qalbimiz bahori Qur'on muborak!
Allohdan ajr kutib duo qilguvchi...
Bayramlar sayyidi Hayit muborak!!!
Lablardan terilar dur kabi tilak,
Dil mohi taratgan nur kabi tilak,
"Qabul et!"-deb turar har bitta malak,
Mo'min suyangan tog'i HAYIT muborak!
Dunyoga kelishim kutib intizor.
Kechalar oromsiz bo‘lib bemador,
Doimo jonini berishga tayyor,
Onamdan mehribon boshqa kim ham bor!
Kecha-kunduz faqat o‘ylar bolam deb,
Yayragin,yashnagin senga olam deb,
Sensan ko‘zimdagi nurli shu’lam deb.
Aytgan g‘amho‘rimdan boshqa kim ham bor!
Duodan qo‘llari aslo tolmagan,
G‘iybatli gaplarga quloq solmagan,
Besh mahal namozni kanda qilmagan,
Onamdan oqila boshqa kim ham bor!
So‘zlari shirinroq hatto asaldan,
Yomondan asrardi bizni azaldan,
Ta’rifin topolmadim hech bir g‘azaldan,
Onamdan dilbarroq boshqa kim ham bor!
Jonim fido bo‘lsin onam poyiga,
Alishmayman quyoshga, hattoki oyga,
Tortishsa deymanki sharqiroq soyga:
Onamdan go‘z
Onamdayin bolsa sevgan yorim
Unda men uylanalomayman
Nega demang axir bu dunyoda
Onamga oxshaganni topolmayman
Hafa bolmang ranjimang siz
Baribir onamday bololmaysiz
Men o'xshayman demang ey qiz
Onamdayin bo'lolmaysiz
Dunyodagi eng mehribon aziz
Onam men uchun dunyoda tengsiz
Hafa bolmang ranjimang siz
Baribir onamday bololmaysiz
Axir u zot motabar onam
Chiroyda tengi yoq yagonam
Manga dardkash parvonam
Hech kimga oxshamas bir donam
Hafa bolmang ranjimang siz
Baribir onamday bololmaysiz