Dunyo tashvishidan ortmas hayollar, Ba'zilar qalbida faqat ayollar, Do'stlarim sizlarga beray savollar, Ayting Olloh uchun nima ish qildik? Yuramiz erta kech, qorinni o'ylab, Qur'on o'qimaymiz, hattoki oylab, Axir o'lim bizni, turmasku poylab, Ayting Ollox uchun nima ish qildik? Ro'zg'orimiz uchun, yelib yurarmiz, Otamiz amriga, tayyor turarmiz, Jannatta qasrlar, qachon qurarmiz? Ayting Olloh uchun, nima ish qildik? Amallar qilamiz, barida riyo, Ex bizlarda qolmapti, zarracha hayo, Ertan qabrimizda, bo'lgaymi ziyo, Ayting Olloh uchun nima ish qildik? Umrimiz o'tmoqda, go'yoki hazon, Shu kunlar ham bo'ldi, kimlarga armon, Bir zum ortimizga, nazar tashlabon, Ayting Olloh uchun nima ish qildik?