Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
♡♡
Kelarsan deb sani shomu
saxar kutdim,
Bedor kutdim, sog’inch
alam zaxrin yutdim.
Nuridiydam faqat san deb
yashab o’tdim,
Olislarda yurgan bolam
bir kelib ket…
Bu g’amlardan ado
bo’ldim yig’lab-yig’lab,
Ochlik emas qismat borar
bag’rim tig’lab,
Shunday kunda kirib
kelgin onang yo’qlab,
Olislarda yurgan bolam
bir kelib ket…
Yo’llaringda ko’zim qoldi
bo’lib bedor,
Madorim yo’q
yolg’izlikdan bo’ldim
bemor,
Kelgin bolam
gaplarimdan bo’lmay
bezor,
Olislarda yurgan bolam
bir kelib ket…
Yuragimni qiynab turgan
armonim bor,
Keng dunyolar
ko’zlarimga bo’lmasdan
tor,
Volidangni yolg’izlikda
qoldirma zor,
Olislarda yurgan bolam
bir kelib ket…
Rozidurman jim kelsang
xam so’rashmasdan,
Ojiz qoldim hayot uchun
kurashmasdan,
Ulgurib qol kafanlarga
o’rashmasdan,
Olislarda yurgan bolam
bir kelib ket…
Kuyganlarning qalbidagi
mungli kuyman,
Bir tilak deb ich etimni
tinmay yeyman,
O’lmasimdan diydoringni
ko’rsam deyman,
Olislarda yurgan bolam
bir kelib ket…
Vujudingni cheksiz
mexrim bilan o’ray,
Bag’ringa bosh qo’yib
xasta ko’nglim yoray,
Kelmasang gar ayt
manziling o’zim boray,
Olislarda yurgan bolam
bir kelib ket...!!!

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1