Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
484- Bog'chadagi vahshiylik!!!
1 Mart kuni Toshkent shahri, Shayhontohur tumanidagi 484- bog'chada 4 yashar qizim tarbichasi tufayli kuyib qoldi. Tarbiyachi qaynoq ovqatni suzayotganda qizchamning bo'yni va dahaniga to'kib yuborgan. Eng achinarli tomoni qizimga 1 chi yordam ham ko'rsatilmagan va hattoki menga onasiga xabar berishmagan. Kuygan joyidagi pufakchalarni o'zboshimchalik bilan yorib ko'chirib tashlab qizimni uxlashga majbur qilgan. Bilmayman qizim bu og'riq bilan qay ahvolda yotgan ekan ....
13.45 da bog'cha opasi menga qo'ng'iroq qilib, bu haqda bir og'iz gapirmay, qizimni bugun sal vaqtliroq olib ketishimni so'radi. Sababini bir og'iz ham aytmadi.
Onalik hissiyotim sezib bog'chaga yetib bordim. Lekin ne ko'z bilan ko'rayki, bolam ayanchli ahvolda. Bolamni ko'rib tilim ojiz bo'lib qoldi. Nima voqea sodir bo'ldi deb so'rasam, qo'rqmasdan bog'cha opasi menga yolg'on gapirdi. Qizingiz o'zi ustiga ovqatni to'kdi dedi. Qizim esa uyda menga bog'cha opam stolimizni ustida ovqat suzyotganda menga to'kib yubordi deb aytib berdi. Hattoki bog'cha mudirasi hamda hamshiraga ham aytmagan. Men o'zim murojaat qilganimdan so'ng ular xabar topdi.
484-MTM bog'cha mudirasi o'z vazifasini bajarmagan, tarbiyachilarini boshqara olmagan. Muassasada yuz bergan tan jarohatdan xabar topmagan, chora ko'rmagan. Bu rahbarni mas'ulyatsiz, vahshiy va bu lavozimga loyiq emas deb hisoblayman!!!
Men o'zim qizimni Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markaziga kombustiologiya bo'limiga olib bordim va shifokor unga 1-yordam ko'rsatdi. Qizim 1-2 darajali kuyib jarohatlanganligi haqida ma'lumotnoma berdi.
Men bu haqda O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuroriga, Bosh Vazirga, Xalq Ta'limi Vazirligi ishonch telefoniga, Tuman Xalq Ta'limi Boshqarmasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildim.
Axir Prezidentimiz tomonidan bu yilni Sog'lom ona va bola yili deb e'lon qilinishi bejiz emas. Davlatimiz yurtimiz kelajagi bo'lgan bolalarga katta e'tibor qaratayotgan bir paytda, bog'chada farzandimga shunday loqaydlik bilan tan jarohati yetkazib o'tirishsaya...
Mendan hozirda shikoyat arizamni qaytib olishimni so'rashyapti. Meni maqsadim esa bizning oilamiz boshiga tushgan bunday ayanchli tashvish boshqa oila farzandlari boshiga tushish xavfini oldini olish hamda ularga beraladigan jazo va choralar boshqa bog'chadagi tarbiyachi va bog'cha mudiralariga saboq bo'lishini istardim.
Hurmatli guruhdoshlar, sizlar ham bog'cha tarbiyachilariga talabchanroq bo'lishingizni maslahat beraman.

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12