BOLALARNI HAQIDAGI FAQTLAR
Kichkintoyingiz qaysarlik qilganida uni albatta so`zingizga kirishga majburlaysiz. Bunda ko`pincha qo`rqitish usulini tanlaysiz. Masalan? u «dori ichmayman» deb xarxasha boshlasa, darrov «do`xtirni chaqiraman, ukol qiladi», deysiz. Bola qo`rqqanidan «zahardekkina» tabletkani shu zahotiyoq yutib yuboradi. Yoki uzun qish kechalarida bola hadeganda uxlayvermasa, «ajinalarga berib yuboraman» deya dag`dag`a qilasiz. Shu gapni eshitganidan keyin bolakay ko`zlarini qattiq yumib oladi. Xullas, mana shu qo`rquv hissi bola ruhiyatida saqlanib qoladi. Ulg`ayganida dev-ajinalar haqida eshitsa, qo`rqmaydi-yu, lekin vujudi seskangandek bo`ladi. Demak, bolaligida his etgan qo`