Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
Insonga aslida inson g'animat
Eng katta yutuq shu yursang salomat
Uyg'ongil ey do'stim bosmayin g'aflat
Besh kunlik dunyoni bir kuni qoldi
Ayshni qo'y shaytonni ulfat bilmagin
Nafsingni asiri bandi bo'lmagin
Beiymon ketmagin gunox qilmagin
Besh kunlik dunyoni bir kuni qoldi
G'amim ko'p demagin sababchi o'zing
Faqat yomonlikni ko'rmoqda ko'zing
Erta kech bo'lmasdan yorug' qil yuzing
Besh kunlik dunyoni bir kuni qoldi
Munosib farzand bo'l ota onangga
Mexribon ota bo'l shirin bolangga
Oq qirov tushmoqda har bir tolangga
Besh kunlik dunyoni bir kuni qoldi
Fursatni boy berma ibodatda bo'l
Qachondur gulzor ham bo'lgan axir cho'l
Oldingda turibdi do'stim ikki yo'l
Besh kunlik dunyoni bir kuni qoldi

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев