Tarix birla,kelajak tomon,
Uzun ko'prik qo'ygan bobomsiz.
Unutmaydi dunyoyu,zamon,
Elim deya kuygan bobomsiz.
Bosh egmagan dushman ahliga,
Ezgulik deb maydon,jang kezgan.
Aylangandir dunyo faxriga,
Johillarning ko'ksini ezgan.
Charx uradi moziy,samo,yer,
O'zbeklarga bo'lgan Jon tumor.
Har bir o'zbek,mening bobom der,
Bobom ruhi topmagay zavol.
El dardining kuyida yongan,
Faqirga ham uzatgandir qo'l.
Elim deya qilichin olgan,
Avlodlarga qurgan nurli yo'l.
Siz o'lmaysiz,yashaysiz albat,
Yashagaysiz ko'xna minorda.
Tuzukingiz zeb berib faqat,
Viqoringiz ko'xna chinorda.
Har qanday kuch adolatda deb,
Haqiqatni yoqlagan bobom.
''Olisda'' ham elning g'amin yeb,
Yurtni yovdan saqlagan bobom.
Dushmanga ham qilib hurmatni,
Yosh avlodga bo'lgansiz o'rnak.
Berib bizga buyuk hikmatni,
Hali hamon turasiz sergak.
Sizga ixlos qo'ygan avlodlar,
Buyuk yurtning Sohibquroni.
Bizni har vaqt qo'llar ajdodlar,
Qo'llar bizni Temur kaloni.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев