
Bag'ritoshdir sevgi nima bilmaydi u,
Sen sog'inchning olovida yonganingda,
Uchi shodon, senga parvo qilmaydi u,
Qo'y kuyunma deganimga ko'nmaysana...
O'zdan ko'proq yana uni o'ylaysana...
Nima foyda dilozorni kutishingdan,
Yig'lab yig'lab yoshlaringni yutishingdan,
Senga azob berayotgan armonlarga,
Tig'ingni sanch deya o'zni tutishingdan,
Ming gapirdim so'zlarimga kirmaysana...
O'zdan ko'proq yana uni o'ylaysana...
Men ham bilib turibman-ku dardlaringni,
Xis qilyapman ichingdagi gardlaringni,
Borib ortga qaytarib kel dema ko'nglim,
Bajarishga g'urur qo'ymas shartlaringni,
Parvo qilmay bilganingdan qolmaysana...
O'zdan ko'proq yana uni o'ylaysana...
Yurakkinam seni ham ko'p ayibing bor,
Taqdiring shu yo, tanlashda adashding yor,
Bir paytlar ishqdan yiroq yurganingda,
Bugun o'sha bevafoga bo'lmasding zor,
U kulyapti sen kulishni bilmaysana...
O'zdan ko'proq yana uni o'ylaysana....
Oshiq ko'nglim yozganlari yolg'onmas chin,
Sog'inch bugun ko'rsatyapti qa'lbga kuchin,
Hasta dilim qiynaladi javob topmay,
Shuncha azob qaysi qilgan gunoh uchun,
Men oshiqda qancha dard bor bilmaysana...
O'zganimas sen o'zingni o'ylaysana...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев