Bir ayolning iltimosi:"Buyurtma"
Nahot sizga yetib bormas nolalarim,
Ko'z oldimga tushar shirin bolalarim.
Baxtimizni o'ylab qancha urundim lek
Qolaverdim armon bilan ko'ngli yarim!
Afsusdaman barchasiga boylik sabab,
Qiynalasiz men sezaman sizga qarab.
Qo'llarimni ochib doim qilgum duo
Allohimdan erta-yu kech baxtni so'rab!
Ajralsak yor sizsiz aslo yasholmayman,
Ket demang siz sizni tashlab ketolmayman.
Agar jonim yonimda siz bo'lmasangiz
Achchiq hayot sinovidan o'tolmayman!
Qoldingiz yor ikki o'tning orasida,
O'rtamizda bir bechora norasida.
Sizga bo'lgan muhabbatim yolg'on emas
O'ylang biroz shu tuyg'ular borasida!
Nahot sizga yetib bormas nolalarim,
Ko'z oldimga tushar shirin bolalarim.