Boqma ortiq buncha g'azabkor,
Unutmadim,unutmam aslo,
Bilsang axir sening beozor,
Sho'x ko'zlaring qilgandi shaydo..!
O'sha damlar qaytib kelishin,
Bilsang edi qancha hohlashim.
Balkim o'sha vaqtda,olib tin,
Atarmiding ko'zdagi yoshim..
Kechir jonim,ancha olisda,
O'tdi umrim,kezib sarosar.
O'sha tanish,qadrdon hisda,
Men yo'qotgan so'zlarim yotar..!