Dala shiyponida gurunglashib o'tirgan rais
Afandidan so'radi:
— Nasriddin, qani, menga ayting-chi, yolg'iz
o'zingizga bir shisha aroq bersak, kayfingiz
oshadimi?
— Yo'q, oshmaydi, - deb javob berdi Afandi.
— Ikki shisha aroq ichganingizdan keyin ham
dalaga chiqaverasizmi?
— Ha, albatta.
— Uch shisha aroqdan keyin-chi?
— Uchinchi shishadan so'ng borib ishlay
olmayman-u, ammo sizga o'xshab rahbarlik qila
olaman, - dedi Afandi.