Ko’nglim og’ridiyey, og’rib
ketdiyey,
Dushmanim sotmayin do’stim
sotdiyey.
Bag’rimni bo’g’diyey, bo’g’ib
ketdiyey,
Qalbimni o’yibon go’rga otdiyey.
Ko’nglim og’ridi oh, og’rib ketdi
oh,
Qalbim qarg’amasin do’stimni
Olloh!
Dilim yeg’ladi oh, yeg’lab aytdi oh,
Kechiray bu ishin o’zing bo’l
guvoh!
Ko’nglim og’ridi-ku, og’rib ketdi-
ku,
Faryodim otilib osmon o’pdi-ku.
Ko’ksim tig’ladi-ku, tig’lab yirtdi-
ku,
Yirtganin izi bor lekin bitdi-ku.
Ko’nglim og’ridi eh, og’rib ketdi
eh,
Do’stlik ham boshimga mana
yetdi eh.
Ko’nglim qoldirdi eh, qolib ketdi
eh,
Mehrimni o’g’irlab, olib ketdi eh