AQSh janubi va o‘rta g‘arbida
so‘nggi uch kun davomida sodir
bo‘lgan ketma-ket tornadolar
natijasida 35 kishi halok bo‘ldi. Bu
haqda Associated Press axborot
agentligi xabariga tayanib
“Kun” ma’lum qilmoqda.
Qayd etishlaricha, Arkanzas
shtatida halok bo‘lganlar soni 15
nafarga yetgan, Missisipida esa
tabiiy ofat natijasida 12 kishi
qurbon bo‘lgan.
Bundan tashqari, Alabamada
kamida uch kishi, Ayovada ikki,
Oklahomada esa bir kishi halok
bo‘lgan. Ayni vaqtda, yana ikki
kishi qurbon bo‘lgani haqidagi
xabar aniqlashtirilmoqda.
“Kun” ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy
ofatning asosiy zarbasi 27-aprel,
yakshanba kuni mamlakatning
markaziy va janubiy qismi –
Oklahoma va Arkanzas shtatl