Dilimda avaylab asragan
sózim,
Tilimga kòchmagan titroq -
sevaman,
Hali siz bexabar bundan azizim,
Bilmasangiz bilmang, sizni SEVAMAN.
Tushimda visoldan tamkin
kutaman,
O'ngimda hayoldan taskin
kutaman,
Kelmaysiz, bilaman, lekin kutaman,
Kòzim yòlingizda mushtoq,
SEVAMAN.
Qalamdan sochilar yozsam gul isi,
Qiqirlab qog'ozning kelar kulgusi,
Afsona bòlmasa QAYSning sevgisi, Sizni eng kamida shundoq
SEVAMAN.
Balki payqamassiz, qilmassiz
parvo,
Kòzimdan muhabbat quyilar illo,
Sizni òzimdan ham qizg'onib hatto, Sizni sizdan kòra kòproq
SEVAMAN!