Quyosh g‘arbga ketdi sho‘ng‘ib,
Uxlolmadim, kechir rabbim! Siltadilar:
"yig‘lagin", deb Yig‘lolmadim, kechir
rabbim! Ko‘kka nolon nido qildim,
Chok-chok bo‘lgan ko‘ksim tildim,
O’zimni gunohkor bildim,
Yig‘lolmadim, lekin Rabbim! Kimning
ishi tushsa gar, bas, Yordamim
tutdim har nafas, Yaxshilikdan
boshim chiqmas, Yig‘lolmadim, lekin
Rabbim! Ko‘zimda nur, yovuz kulgu,
Qalbimda ishq to‘la tuyg‘u, Har kun
boshim mehrobda-yu, Yig‘lolmadim,
kechir Rabbim! Ishim mening
sahovatdir, Bilmaganim - halovatdir,
Bu qandayin musibatdir:
Yig‘lolmadim, kechir Rabbim!
Yomg‘irpo‘shdan topib panoh,
Yomg‘irda ham qildim gunoh. Hush’u
menga yot bo‘ldi, oh... Yig‘lolmadim,
kechir Rabbim! Ko‘kka porlab
chiqqach oftob, Senga nolon qildim
xitob... Bir qatra yosh bo‘ldi kamyob,
Yig‘lolmadim, kechir Rabbim!
Istadim-u, qalbimda g‘am, Dod-voy
soldi tog‘-u, tosh ham, Vale aylab
ko‘zimni nam, Yig‘lolmadim, kechir
Rabbim! Rabbim, sokin uxlat meni,
Bag‘rim o‘yib tig‘lat meni Ne qilsang
ham yig‘lat meni...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1