Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
Shunchalik
sevishardiki, tasavvur qila olmasdilar
hayotlarini
bir-birlarisiz. Ular ikkisiyu, dunyoda
boshqa hech
kim yo'qdek tuyulardi birga bo'lishsa...
- Ko'zlaringni yum - derdi har safar
yigit. Shunday
derdiyu qiz ko'zini ochganda qo'lida gul
va chiroyli sovg'alar
tutardi unga.
Qiz har gal yigitdan "ko'zlaringni yum"
degan
so'zlarni eshitganida qalbiga shu qadar
sevinch
to'lib ketardiki, bu sevinch uning shaxlo
ko'zlaridan nur bo'lib yog'ilardi yigitga.
Yigit shu ko'zlardagi nurni sevardi.
Shuning uchun har gal
qizga yangi va kutilmagan narsalar
sovg'a
qilishga urinardi u.
Shunaqa beg'ubor edi ularning
muhabbatlari...
Vaqtlar o'taverdi...
Kun kelib, yigit uzuk harid qildi. Uchib
borgisi keldi qizning yoniga. Borsada
"Ko'zlaringni yum"
desa, qiz ko'zlarini ochganda uzukni
tutib
turmushga chiqishni taklif etsa...
Qiz qanchalik quvonadiya. Uchrashuv
belgilandi.
Qiz vaqtliroq kelib kuta boshladi. Yigit
ham
ko'rindi. Qo'llarida qiz sevgan qip-qizil
atirgullar. Oshiqlar bir-birlariga
talpindilar. Yigit lablarida
tabassum bilan qizga termulib kelardi.
Butun
hayoli qizda edi va voqe'likni bir zumga
unutib
qo'ydi. Shu bir zumlik loqaydlik uchun
taqdir uni
jazoladi... Taqdir chizig'i belgilagan
ekan,
ko'chadan o'tayotgan yigitni mashina
urib yubordi. Atirgullar havoga uchdi.
Yigit ancha
narida qip-qizil qonga belanib yotardi. U
boshini
qiz tomonga burib nigohlari bilan uni
qidirdi. Qiz
yig'lardi... U yugurib kelib yigitni
quchog'iga oldi.
- Yig'lama tentak qiz, men yaxshiman -
dedi yigit
qizga shivirlab. Ularning atrofida tezda
odam to'plandi. Yigit bilan qiz esa bir-
birlariga jim
termulib turardilar.
- Közlaringni yum, - dedi nihoyat yigit
qizga. Qiz
yigit aytgandek ko'zlarini yumdi.
Ochganida...
Ochganida endi yigit yo'q edi. Ajal
farishtalari bir
zum kutmadilar, ishlari ham bo'lmadi bu
go'zal sevgi bilan.
Qiz umrida birinchi bor ko'zlarini
yumganidan
afsuslandi. U yig'lardi... O'ksinib, o'kirib
yig'lardi..!
☆☆

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1