Alvido söz aytmoqqa shaylandi tilim.
U qayda hozir keladi bilgim,
Hazonlarga kömilgan sevgim.
Qayerdadir, baxtiyordir ul yor,
Ishq shaxriga, shaxriyordir ul yor.
Gözalar ichra yagonadir ul yor,
Hazonlarga kömilgan sevgim.
Meni eslab tökarmi köz yosh,
Meni qarg'ab, sökarmi bag'ritosh.
Ortiq sabr yetmaydi, yetmaydi bardosh,
Hazonlarga kömilgan sevgim.
Tohir bölib suvda oqmadim,
Farxod bölib bolga yoqmadim.
Shaydolarga qiyo boqmadim,
Hazonlarga kömilgan sevgim.
Hazonrezgi bu bir jarayon,
Holim körgan köz hatto vayron.
Qorlar yog'di kuz fasli hayron,
Qaxratonga kömilgan sevgim.
Bahor keldi dilimga emas,
Endi isming tilimda
emas.
Öshal damlar qaytib ham emas,
Ötmishimga aylangan sevgim.
Yoz fasli ham keldi
kuttirmay,
Öz husnini aslo börttirmay.
Quyosh bölib zarar yettimay,
Saratonga kömilgan
sevgim.
Bu guruhda qalb yaralar,
Muhabbatga, ishqqa
yaqinlar.
Özbek, Tojik, Qozoq
oqinlar.
Armonlarga aylangan sevgim.
Bir shoirlik qildida shoir,
Sevgi jafo, muhabbat jabr.
Tillo uchun tog'larday sabr,
Hazonlarga kömilgan sevgim..


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев