Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
Sog'inyapman seni kun sayin,
Azob berib yana özimga,
Bilmam seni qancha qumsayin,
Sensizlikka könikolmasdan,
Diydoringni qumsadim yana,
Boqib boqib közim tolmasdan,
Suratingla ovundim yana,
Buncha shörsan peshonam...TAQDIR...,
Nega yulding bag'rimdan uni,
Özimdan xam qizg'anib xatto,
Jonimdan ortiq sevgandim uni,
Taqdirginam xafaman sendan,
Bizga BAXTni körmading ravo,
Uchrashtirib söngra ajratib,
Ishq dardiga bermading davo,
Taqdir...Qasding bormidi menda,
Yana qayta uchratding nechun,
Buncha azob beryapsan menga,
Qaysi aybim,qaysi gunoxim uchun,
Ayrilibman baridan butkul,
Begonaman men xam sen uchun,
Uchrashmog'u körishmoq tugul,
Ovozing xam xarom men uchun,
Zarra xaqqim qolmabti sira,
Erkalab xam rashk qilsam GUNOX,
Kim deb atay bilmayman seni,
Kimim deyin seni,kim deyin ey vox...,
Tezroq bari topsaydi yakun,
Unutsaydim shu bilan zora,
Qutulay deb baridan bir kun,
Izlab topdim oxir bir chora,
Bitta yöli qarasam ölim,
Bundan boshqa yölim qolmadi,
Azroildan sörasam ölim,
Yarim jonim u xam olmadi,
Yashayapman ölganimcha yöq,
Bölsamxamki borimdan judo,
Tangrim sendan Mehribon Zot yöq,
Sabr bergin menga ex Xudo,
Dunyo özi yaralgan bir kam,
Fursat ötib angladim buni,
Ötkinchi deb nom olgan u xam,
Dunyo bölib yaralgan kuni,
Yaxshiyamki dunyo ötkinchi,
Tug'ildikmi bir kun ölamiz,
Tangri rozi bölsa bizlardan,
Jannatlarda birga bölamiz...!

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев