Toshkent shahrida, san'atkorlar oilasida tavallud
topdi. Uning otasi O'zbekistonda xizmat
ko'rsatgan Shahboz Nizomiddinovdir. Zarina
ushbu oilaning kenja farzandidir. Zarina
kichkinaligidan san'atga qizikib, maktab bilan bir
vaqtning o'zida, ya'ni 1997-yildan boshlab
Uspenskiy nomidagi bolalar musiqa maktabining
fortepiyano bo'limida taxsil oladi. U 4 yoshidanoq
"Yulduzcha" bolalar xorida qo'shiq kuylardi.
Xattoki u bu ansamblda 7 yoshligida birinchilikni
ham qo'lga kiritgan. 7-sinfdan boshlab Zarina
Xoreografiya bilim yurtining milliy raqs bo'limida
taxsil oladi. Maktabdan so'ng Sharqshunoslik
institutining "Jahon siyosati va tarixi" fakultetida
taxsil oladi. Yosh aktrisa ilk ijodini 16 yoshida,
Davlat buyurtmasiga asosan ishlangan, rejissyor
Tamara Kamalovaning "Yo'l bo'lsin" filmida bosh
rol bilan boshlaydi. "Yo'l bo'lsin" filmi ko'plab
mukofotlarga sazovor bo'ldi. 2005-yil rejissyor
Bahrom Yoqubovning "Romeo va Julyetta" filmida
bosh rolni ijro etdi. Bir oz tanaffusdan so'ng,
ya'ni 2010-yili Zarina rejissyor Jahongir
Axmedovning "Qorako'z", 2011-yilda rejissyor
Hasan G'ofurovning "Senga muxtojman", 2011-yil
Javlon Shodmonovning "Zamonaviy sovchilar" ,
Aziz Umrzoqovning "Oqibat", 2012-yil rejissyor
Jon Rid Sagdiyevning "Bardosh", rejissyor Laziz
Ashuraliyevning "Iltimos menga qarang",
Akbarbek Turdiyevning "Salom sevgi, xayr sevgi",
Jaxongir Poziljonovning "Sevaman dedim,
sevaman", Javlon Shodmonovning "Aldangan
ko'ngil", Bahrom Yoqubovning "Men yulduzman"
va "O Maryam, Maryam" hamda rejissyor Sherali
Isanovning "Aql va yurak" filmlarida bosh rollarni
ijro etdi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев