va betakror Zilola Musayeva 1979-yilda Farg'ona
shahrida filolog va falsafa fanlari doktori oilasida
tavallud topdi. U bolaligidan musiqa bilan
yashashni boshladi. 9 yoshigacha u Moskvada
yashadi. So'ng Toshkentga qaytib o'z ijodini
boshladi. Maktab yoshidanoq Zilola vokal bilan
shug'ullanardi. Oliygohga kirganda esa u "Jonim"
guruhining solisti edi va aynan uning birinchi
albomi ham taniqli kompozitor Vagif Zokirov
tashabbusi bilan ana shu guruhda yoziladi. 2001-
yildan esa Shahzoda o'z ijodini "Tarona rekords"
rekord kompaniyasi bilan davom ettiradi. 2003-
yilda xonanda o'zining birinchi yakkaxon
konsertini o'z mhlislariga taqdim etadi. U o'zining
konsert dasturlari bilan gastrol safarlariga
Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston hattoki MDH
davlatlari Kavkaz va Zakavkazyelarda ham uni
katta olqishlar ila kutib olishdi. Xonanda o'zining
"Bor ekan", "Baxt bo'ladi", "Keragimsan",
"Baxtliman", "Assalomu Aleykum" nomli
albomlarini o'z muhlislari e'tiboriga havola eta
oldi. Shahzoda nafaqat qo'shiq kuylab muhlislar
ko'nglidan joy oldi, balki 10dan ortiq filmlarda,
ya'ni "Fotima va Zuhra", "Majruh", "Sevinch",
"Layli va Majnun", "Sarvinoz", "Zumrad va
Qimmat" filmlarida bosh rollarni qoyilmaqom qilib
ijro etgan. Shahzoda bir qancha mukofotlar
sovrindori ham bo'lgan. 2003-yil Tarona
taqdimotida "Yilning eng yaxshi kuychisi"
nominatsiyasiga, 2004-yilda "Yil albomi", 2005-
yilda "Keragimsan" qo'shig'i bilan "Yil qo'shig'i"
nominatsiyasini qo'lga kiritadi


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев