Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
tabassum qilishga undaydi Bugun 75 yoshli bobom:
–Sening buving eng chiroyli ayol,
shunday emasmi? – deb so‘radilar. Men hayron bo‘ldim, chunki
bobomning ko‘zlari katarakta bilan
og‘rib, ko‘r bo‘lib qolganlariga 15 yil
bo‘lgan edi. Keyin javob berdim:
–Ha shunday. Siz ularning
go‘zalliklarini ko‘rishni har kun sog‘inasizmi? Bobom kuldilar va javob berdilar:
–Men uning go‘zalligini hozir ham
ko‘ryapman. Xatto biz yosh
bo‘lganimizdan-da ko‘ra yaxshiroq… Go‘zallik tashqi ko‘rinishda emasligini
tasdiqlovchi bu voqea, bobo ko‘r
bo‘lib qolgan bo‘lsa ham ayoli undan
voz kechmagani, unga yordam berib
yashab kelayotgani haqida so‘zlaydi. * * * Bugun qizimning to‘yi. Bundan bir necha yil avval
avtohalokatga uchragan oiladan 14
yoshli yigitni qutqarib qolgan edim.
Uning oyoqlari shikastlangan bo‘lib,
doktorlar u endi yura olmaydi,
deyishgandi. Men qizim bilan uni ko‘rgani bir necha marta bordim.
Keyin men bormasam ham qizim o‘zi
undan xabar olib turdi. Bugun esa o‘sha 14 yoshli yigit, o‘z
oyoqlarida tik turib, qizimning qo‘liga
uzuk taqmoqda… * * * Men gul do‘konda ishlayman. Bir kuni
tonggi yettida eshikni ochayotsam,
askar kiyimidagi yigit yonimga keldi:
–Men sevganimga har juma kuni gul
taqdim etar edim, bugun harbiy
xizmatga ketyapman va bu odatim to‘xtab qolishini istamayman, dedi. Men u bilan yil bo‘yi jami 52ta gul
yetkazib berish bo‘yicha shartnoma
imzoladim. Bunday sevgi mening
dunyoimni yanda charog‘on qilib
yubordi, shu bois unga 50% chegirma
ham qilib berdim * * * Maktabni tugatayotgan nevaramga
meni hech kim bitiruv oqshomiga
chaqirmagani va men shu sabab
bitiruv oqshomida hech qachon
bo‘lmaganim haqida aytib bergan
edim. Bugun u maktabni bitirdi. Kech
tushayotganda kostyum-shimda kelib,
meni bitiruv oqshomiga taklif qildi… * * * U bugun 11 oylik komadan o‘zga
keldi va mening qo‘limdan tutib
shunday dedi:
–Sening shu yedaliging, o‘tgan
hayotimiz va menga ishonganing
uchun rahmat. Men senga turmushga chiqishga roziman…

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев