Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
vodorod dvigatelida yuradigan
avtomobillarini chiqarmoqchi 2015-yilda Toyota va Honda
kompaniyalari vodorod dvigatelida
harakatlanadigan avtomobillarni
birinchi marta seriyali ishlab
chiqarishga va’da berdi. Bu haqda Vesti.ru xabar bermoqda. Foto: vesti.ru Vodorodda yuradigan transport
texnologiyasi oddiy ichki yonish
dvigatellaridan birinchi navbatda
o‘zining ekologik tozaligi bilan farq
qiladi. Bunda havoga chiqariladigan
yagona chiqindi suv bug‘idir. Biroq tanqidchilar tabiiy gazdan vodorod
olish chog‘ida issiqxona bug‘lari
ajralib chiqishini, ular global isishni
keltirib chiqarishini ta’kidlamoqda. Stenford universiteti olimlari esa yaqin
orada avtomobillarga quyiladigan
vodorod zararsiz usulda olina
boshlashini taxmin qilmoqda.
Tadqiqotchilar “barmoqsimon”
batareykalarda ishlaydigan arzon qurilmani ishlab chiqishdi, u suvni
elektrolizlash, ya’ni uni vodorod va
kislorodga parchalash yo‘li bilan
tabiatga zarar yetkazmagan holda
vodorod ishlab chiqaradi. Bunga
o‘xshash boshqa generatorlardan farqli ravishda yangi qurilma
elektrodlari qimmatbaho metallardan
emas, oddiy temir va nikel
aralashmasidan ishlangan. “Bir necha o‘n yillardan buyon olimlar
yuqori faollikka ega va uzoq yillar
davomida xizmat qiladigan arzon
elektr katalizatorlarni yaratishga
urinmoqda, — dedi kimyo professori
Xutsze Day. — Shuning uchun nikel asosidagi elektrodlar xuddi platina
kabi samarali ekanligi haqidagi
kashfiyotimiz kutilmagan hodisa
bo‘ldi”. Kelajakda bunday elektrodlar
vodorod yoqilg‘isini ishlab
chiqaruvchilarga bugungi kunda
elektr energiyasiga sarflanayotgan
milliardlab mablag‘larni tejab qolish
imkonini beradi. Ayni paytda ushbu uskuna mualliflari
uning xizmat muddatini uzaytirishga
harakat qilmoqda. Elektrodlar ancha
mustahkam bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi
bilan parchalanadi. Joriy versiyada
ular bor-yo‘g‘i bir necha kun davomida to‘xtovsiz ishlashi mumkin.
Shu bilan birga, olimlar jarayonni
yanada ekologik qilish uchun quyosh
batareyalarida ishlaydigan vodorod
generatorini yaratishni
rejalashtirmoqda. Nashrning qo‘shimcha qilishicha,
qurilma yordamida vodoroddan
tashqari, sanoatda muhim rol
o‘ynovchi gazsimon xlor va natriy
gidroksidi ham olish mumkin

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2