Свернуть поиск
Правая колонка
Bir ayol genekolog huzuriga shoshilib kirdi va shunday dedi: - Doktor, menda jiddiy muammo bor! Menga sizning yordamingiz kerak. Mening bolam tug'ilganiga hali yil ham bo'lmadi, lekin men yana xomiladorman. Men bolalarimni deyarli teng bo'lishini xohlamayman. Doktor: - Xo'p, xo'sh mendan nima yordam kerak sizga? Ayol: - Meni xomiladorligimni to'xtatsangiz, ya'ni abort qilsangiz. Bu ish sizni qo'lingizdan keladi. Doktor biroz sukut saqlab shunday dedi: - Menda undan ham yaxshiroq fikr bor. Bu sizni fikringizdan ham yaxshi. Ham sog'lig'ingizga ham zarari yo'q. Ayol doktor uni tushinganidan xursand bo'lib yuziga tabassumga yugirdi. Shunda doktor: -Men shunday narsani taklif qilaman. Sizga birdaniga ikkita farzandga qarash og'irlik qiladi. Keling sizdagi dunyoga kelgan farzandni o'ldiramiz. Shunda siz qorningizdagi farzand dunyoga kelguncha biroz bo'lsa ham dam olib olasiz. Nima farqi bor, baribir ikkita farzandingizdan bittasini o'ldirishimiz kerakku! Dunyoga kelganini o'ldirsak sog'lig'ingizga ham xavf tug'dirmaydi. Ayol daxshatga tushib shunday dedi: - Yo'o'o'q doktor! Bu daxshatku! Axir farzandni o'ldirish jinoyatku! Doktor: - To'g'ri, gapingizga qo'shilaman, lekin siz shu jinoyatga qo'l urishga tayyor edingizku! Nima farqi bor? Tug'ulmagan farzandni o'ldirdingiz nimayu, dunyoga kelganini o'ldirdingiz nima? Baribir ikkisi ham jinoyatku!

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5