Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
Ulfatim konglim to’ldirar
G’animim kunda o’ldirar
Onajonim kelmadingiz
To’y qildim dushmanim keldi
Suymagan suyganim keldi
Sog’inib yig’lagim keldi
Onajonim kelmadingiz
Topolmadim sizdek sirdosh
Dunyo ekanku bag’ritosh
Bedor tanam ko’zimda yosh
Onajonim kelmadingiz
Ruxsorlari oyim onam
Armonlarga boyim onam
Sog’ingandur debon bolam
Onajonim kelmadingiz
Sizsiz koshonalar vayron
Yuragim sanchar be omon
Sog’indimku bugun yomon
Onajonim kelmadingiz
Qabringizga boshim qo’yib
Tohir yig’lar bag’rin oyib
Bir erkalang desam suyib
Onajonim kelmadingiz

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев