bir odam
Moskva sayohatiga
otlandi. Samolyot qo‘nishi bilan
xotinining
iltimosi esiga tushib, telegramma
jo‘natish
uchun pochtaga kirdi. Xotiniga
bo‘lgan mehr-
muhabbatini ayon qilib qo‘yish
uchun chiroyli
qilib yozdi: "Jonginam, Moskvaga
eson-
omon, befalokat uchib
keldim. Sog‘-salomatman. Seni
o‘paman”.
Pochtachi so‘zlarni sanab, hisob-
kitob qilib bergan edi, to‘laydigan
pulni
ko‘rib, kapalagi
uchib ketdi. Telegrammadan voz
kechay desa, xotiniga va’da bergan.
O‘ylay-
o‘ylay so‘zlarni qisqartira boshladi.
"Jonginam”, deyishim shartmas.
Kechalari ming
martalab aytganman”, deb
birinchi so‘zni o‘chirdi. "Eson-omon,
befalokat uchib kelganimni
aytishim shartmas. Falokat
bo‘lganida uchib
kelib, telegramma bermas edim-
ku? Xotinim aqlli,
bu yog‘ini o‘zi bilib oladi”, deb bu
so‘zlarni ham o‘chirdi. "Uchib
keldim”,
deyishim shartmi?
Samolyotda uchmay eshak
aravada kelibmanmi
bu yerga?”, deb bu so‘zni ham
o‘chirdi. "Sog‘-
salomatligim aniq-ku? Uydaligimda
soppa-sog‘
edim, nima, to‘rt soatda
ayniymanmi?” deb yana
o‘chirdi. "Qaysi kalla bilan "seni
o‘paman” deb
yozdim? Telegrammada ham
o‘pish mumkin ekanmi?” dedi-yu
buni ham
o‘chirdi. Qarasa,
telegrammada "Moskva” degan so‘z
bilan
o‘zining ismi qolibdi. "Moskvaga
uchmay Berlinga
uchibmanmi, xotinim biladi-ku”, deb
buni ham
o‘chirdi. Keyin "xotinim ismimni
biladi”, deb
oxirgi so‘zni ham o‘chirgach,
o‘ylandi:
"Telegramma yuborish shartmi?
Agar falokat bo‘lib, samolyot portlasa,
radiodami yo
televizordami e’lon qilishardi,
xotinim shundan
bilardi. Falokat haqida xabar
yo‘qmi, demak,
yetib kelganim aniq. Bir haftadan
keyin qaytib boraman. Eson-omon
uchganimni o‘shanda
aytaman. Aytaman-u
rosmanasiga o‘pib
qo‘yaman


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 14