Amerika Manzaralari dasturidan: AQShda yetti million atrofida musulmon bor. Aholining, juda borsa, ikki foizi. Lekin islom dini mamlakatning ko'plab burchaklarida, ayniqsa, muhojirlar ko'p yashaydigan nuqtalarida turmushning ajralmas qismiga aylanib bo'lgan. Masjidu markazlardan tortib, islomiy madaniyat maskanlarigacha. Shunga qaramay, deya kuyunadi professor Akbar Ahmad, ko'pchilik amerikaliklar bu dinga hamon tahdid manbai sifatida qaraydi. Sobiq diplomat va nufuzli akademik o'z shogirdlari bilan AQShning 75 shahrida bo'lib, vaziyatni o'rgangan. Navbahor Imamovaning hikoya qilishicha, ushbu izlanish tafsilotlari "Amerika bo'ylab sayohat" degan hujjat filmda o'z aksini topdi. Amerika Ovozi TV.