Yuzim kulsa ham qalbim yig`laydi,
Quyosh porlagan qishga o`xshayman.
Dardim bormi-yo`q, hech kim bilmaydi
Yolg`on dunyoda, yolg`on yashayman.
Rost yashaganim, bolalik o’tdi,
Beg`ubor hislar, meni unutdi.
Bugun aldovlar yoqamdan tutdi
Yolg`on dunyoda, yolg`on yashayman.
Sevdim degan qiz boshqaga tegdi,
Ko`nglim sindirdi, boshimni egdi.
Men ham qizlarni aldayman endi
Yolg`on dunyoda, yolg`on yashayman.
Shirin aldovga eriydi inson,
Rostini aytib ko`rindim yomon.
Bildim: o`limdan boshqasi yolg`on
Yolg`on dunyoda, yolg`on yashayma