YUHANNO 8 - Bob
Iso Masih ― olamning nuri
12 - Iso yana xalqqa xitob qildi:
― Men olamning nuriman. Kimki Menga ergashsa, zulmatda yurmaydi, balki hayot nuriga ega bo`ladi.
13 - Isoning shu so`ziga qarshi farziylar:
― Sen O`zingga O`zing shohidlik beryapsan. Sening shohidliging haqiqat emas, ― deyishdi.
14 - Iso shunday javob berdi:
― Men O`zimga O`zim shohidlik bersam ham, to`g`ri shohidlik beraman. Chunki Men qayerdan kelib, qayerga ketayotganimni bilaman. Sizlar esa Mening qayerdan kelib, qayerga ketayotganimni bilmaysizlar.
15 - Sizlar tashqi qiyofaga qarab hukm qilasizlar; Men esa hech kimni hukm qilmayman.
16 - Agarda Men hukm qilsam ham, to`g`ri hukm qilaman. Chunki yolg`iz emasman, Meni yuborgan Otam Meni yoqlaydi.
17 - Mana, o`zlaringizning Tavrotda: “Ikki shohidning guvohligi to`g`ridir”, deb yozilgan.
18 - Shunday qilib, O`zimga O`zim ham shohidlik beraman, Meni yuborgan Otam ham shohidlik beradi.
19 ― Sening Otang qayerda? ― deb so`radilar Isodan. U bunga javoban:
― Sizlar na Meni, na Otamni taniysizlar. Agar Meni taniganingizda, Otamni ham tanigan bo`lar edingizlar, ― dedi.
21 - Iso ularga yana dedi:
― Men ketyapman. Siz Meni qidirasiz-u, gunohkor bo`lib o`lasizlar. Men boradigan joyga sizlar bora olmaysizlar.
23 - Iso ularga shunday dedi:
― Sizlar pastdansiz, Men esa yuqoridanman. Sizlar bu olamdan, Men esa bu olamdan emasman.
24 - Siz gunohkor bo`lib o`lasizlar, deb aytdim-ku sizlarga. Ha, agar O`sha Men ekanligimga ishonmasangizlar, gunohkor bo`lib o`lasizlar.
31 - Shu vaqt Iso Unga ishongan yahudiylarga dedi:
― Agar Mening kalomimga rioya qilsangizlar, haqiqiy shogirdlarim bo`lasizlar.
32 - Sizlar haqiqatni bilib olasizlar, haqiqat esa sizlarni ozod qiladi.
33 ― Biz Ibrohim naslimiz,
39 -
― Bizning otamiz Ibrohim-ku, ― deyishdi.
― Agar siz Ibrohim farzandlari bo`lsangiz edi, Ibrohimning qilgan ishlarini qilar edingizlar, ― dedi Iso.
40 ― Endi bo`lsa, Xudodan eshitgan haqiqatni sizlarga so`zlab berayotgan Odamni ― Meni o`ldirmoqchisizlar. Ibrohim bunday yo`l tutmagan edi.
41 - Sizlar o`z otangizning ishlarini qilyapsizlar.
― Biz fahshdan tug`ilgan emasmiz-ku, bizning bitta Otamiz bor, U Xudodir, ― deb javob berishdi Isoga. U ularga shunday dedi:
42 ― Agar Otangiz Xudo bo`lganida edi, Meni sevar edingiz, chunki Men Xudodan chiqdim. Men O`zimcha kelganim yo`q, Meni U yubordi.
43 - Nega aytganlarimni anglamayapsizlar? Sabab, Mening so`zimni eshita olmaysizlar.
44 - Sizlarning otangiz ― iblisdir. Sizlar o`z otangizning nafsu ehtiroslarini bajo keltirmoqchisizlar. Azaldanoq iblis qotil edi. U haqiqat tomonida turmagan, chunki unda haqiqat yo`q. U yolg`on so`zlaganda, o`ziga yarasha so`zlaydi. Chunki u yolg`onchi, yolg`onning otasidir.
45 - Ammo Men haqiqatni so`zlayotganim uchun, Menga ishonmayapsizlar.
46 - Qaysi biringiz Meni biron gunoh bilan ayblay olasiz? Agarda haqiqatni so`zlayotgan bo`lsam, nega Menga ishonmayapsizlar?
47 - Kim Xudoniki bo`lsa, Xudoning so`zlarini eshitadi. Sizlar esa Xudoga begona bo`lganingiz uchun, eshitmayotirsiz.
Iso azaldan mavjud
54 - Iso javob berdi:
― Agar Men O`zimni O`zim ulug`lasam, Mening ulug`ligim puchdir. Otamning O`zi Meni ulug`laydi. Sizlar Uni Xudoyimiz deysizlar,
55 - ammo aslida Uni taniganingiz yo`q. Men esa Uni tanib-bilaman. Agar Uni bilmayman, desam, sizlarga o`xshagan yolg`onchi bo`laman. Biroq Men Uni tanib-bilaman va Uning kalomiga rioya qilaman.
56 - Otangiz Ibrohim Mening kunimni ko`rishini bilib, shod-xurram bo`lgan edi. Endi ko`rib, xurram bo`ldi.
57 ― Sen hali ellik yoshga to`lganing yo`g`u, Ibrohimni ham ko`ribsan-a?! ― deyishdi yahudiylar Unga.
58 - Iso ularga:
― Sizlarga rostini aytay: Ibrohim vujudga kelmasidan oldin Men bor edim, ― dedi.