Dilso'z: «Uylanasizmi yo'qmi» tez kunda videosi bilan
Batafsil:
http://news.mediabay.uz/dilso-z-uylanasizmi-yo-qmi-tez-kunda-videosi-bilan/
Xushovoz Dilso'z o'zining yaqin kunda havola etilgan«Uylanasizmi yo'qmi» qo'shig'i uchun videoklip suratga oldirgan va tez kunda uni tinglovchilar e'tiboriga havola etishni rejalashtirmoqda.
Tarona sizga ham yoqdimi, siz ham uning kuy va so'zlarini hirgoya qilib yuribsimzi? Yana bir oz muddatdan so'ng uning uchun maxsus tasvirga olingan videoni baholash imkonimiz bo'ladi.
Kayfiyatni yanada ko'tarinki qiluvchi «Uylanasizmi yo'qmi» videoklipi tarona kabi hazilomuz va sho'x ruhiyatda, rejissyor Sherzod Umarov tomonidan tasvirga olingan. Bosh qahramonlar obrazlarini xonandaning o'zi va turmush o'rtog'i, iqtidorli xonanda Farrux Raimov ijro etgan.
Dilso'zning «Uylanasizmi yo'qmi» klipining premyerasini kutib qolamiz va undan kichik lavhaga nazar solamiz!