Men yozaman, sen eshitasan, Qidirasan undan o'zingni. Xayollaring mag'lub etasan, Bir nuqtaga qadab ko'zingni. Men yozaman, sen eshitasan, Qulog'ingni yurakka tutib. Har misrani quvib yetasan, Undan yana o'zingni kutib. Men o'qiyman, sen eshitasan, Goh jilmayib, gohi xastakor. Tug'iladi bir ohang nogoh, Tinglaguvchi yurak bastakor. Men o'qiyman som'e vujuding, Dil manzili yettinchi falak. Kecha ham sen shundoq uchuvding, O'zni topmoq yo'lida xalak. Tinglayapsan, yozapman jim, Qog'ozimga ka