SUYAKLI VA SUYAK TOG'AYLI BALIQLAR SINFI | СУЙAКЛИ ВA СУЙAК ТОҒAЙЛИ БAЛИҚЛAР СИНФИ.
Suyakli baliqlar sinfi: asosiy sistematik guruhlari va ahamiyati - Bakra, ya’ni suyak-tog‘ayli baliqlar turkumi. Bu turkumga mansub baliqlarning xiрcha va cho‘ziq tanasi bo‘ylab orqa, yon va qorin tomonida 5 qator romb shaklidagi suyak plastinkalar joylashgan (67-rasm). Boshining oldingi tomoni uzun tumshuqni hosil qiladi. Og‘iz teshigi boshining ostki tomonida joylashgan. Skeleti, asosan, tog‘aydan iborat, lekin bosh qutisi suyak bilan qoplangan. O‘q skeleti xordadan iborat bo‘lib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi. O‘rta Osiyo suv havzalarida suyak-tog‘ayli baliqlardan bakra baliq va soxta kurakburun uchraydi. Sirdaryo va Amudaryoning quyi va o‘rta oqimlarida yashaydigan bakra baliqning uzunligi 2 m gacha, og‘irligi 30 kg gacha boradi. Amudaryo etaklarida va uning o‘rta oqimlarida soxta kurakburun (qilquyruq) balig‘i tarqalgan. Uning uzunligi 75 sm gacha, og‘irligi 2 kg gacha boradi, mayda baliqlar va hasharotlarning qurtlari bilan oziqlanadi. Soxta kurakburun noyob tur sifatida muhofaza qilinadi. Losossimonlar turkumi. Losossimonlarga o‘q skeleti va bosh qutisi qisman suyakka aylangan baliqlar kiradi. Orqa suzgichi ortida yana bitta suzgichi bo‘ladi. Ko‘pchilik turlari ko‘payish davrida dengizlardan chuchuk suvlarga o‘tadi. Dengizlarda yashovchi losos, keta, bukri baliq (gorbusha) ham shu turkumga kiradi. Sirdaryo va Amudaryoda gulmoyi, ya’ni forel ham tarqalgan. Karpsimonlar turkumi. Tana skeleti suyakdan iborat. Bu turkum ning vakillari barcha suv havzalarida keng tarqalgan bo‘lib, bir necha yuzlab turlarni o‘z ichiga oladi. Biz tanishib chiqqan zog‘orabaliq ham shu turkumga kiradi. Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko‘llarida uchraydigan mo‘ylov baliq; tog‘ daryolari va soylarda tarqalgan qora baliq; Orol dengizi sohillarida, Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshonning quyi oqimida yashaydigan moybaliq va oqcha baliq, shuningdek, Orol dengizi va unga quyiladigan daryolarda uchraydigan laqqa ham shu turkumga kiradi. O‘rta Osiyo suv havzalariga Uzoq Sharq daryolaridan oq amur va xumbosh baliq keltirilib iqlimlashtirilgan (68-rasm).Panjaqanotlilar turkumi. Panjaqanotlilar skeleti va suzgichl arining tuzilishi quruqlikda yashaydigan umurtqalilar oyoqlariga o‘xshab ketadi. Bu turkumning yagona vakili – latimeriya Hind okeanining Afrika sohili yaqinidan topilgan. Uni o‘rganish quruql ikda yashovchi umurtqali hayvonlarning kelib chiqishini tushuntirishda katta ahamiyatga ega.
1. Suyak-tog‘ayli baliqlar qanday tuzilgan?
2. O‘rta Osiyo suv havzalarida qaysi suyak-tog‘ayli baliqlar tarqalgan?
3. Losossimonlar qanday tuzilgan?
4. Panjaqanotlilar qanday tuzilgan?
5. Qaysi baliqlar ovlanadi?
6. Baliqlarni sun’iy urchitish va iqlimlashtirish qanday amalga oshiriladi?
Bakra baliqlar, suyak-tog‘ayli baliqlar, soxta kurakburun, losossimonlar, keta,
bukri baliq, gulmoy, karpsimonlar, mo‘ylov baliq, qora baliq, oqcha baliq, oq
amur, xumbosh, laqqa, latimeriya.
1. Suyakli baliqlar skeleti: 2. Suyak-tog‘ayli baliqlar tanasida:
a) suyakdan iborat; a) besh qator suyak tangachalar bor;
b) suyak va xordadan iborat; b) ikki qator tog‘ay tangachalar bor;
d) suyak va suyak-tog‘aydan iborat. d) tog‘ay tangachalar bor.
Baliqlar turini ular tarqalgan joylar nomi bilan birga juftlab yozing.
a) mo‘ylov baliq; 1) Sirdaryo, Amudaryoning quyi oqimida;
b) moy baliq; 2) Hind okeanining Afrika sohili yaqinida;
d) qora baliq; 3) tog‘ daryolarida;
e) gulmoy; 4) daryolar havzasi va ko‘llarda;
f) soxta kurakburun; 5) Sirdaryo va Amudaryoda;
g) latimeriya. 6) Sirdaryo, Amudaryoning quyi va o‘rta oqimida.
Bakra baliqlar, suyak-tog‘ayli baliqlar, soxta kurakburun, losossimonlar, keta,
bukri baliq, gulmoy, karpsimonlar, mo‘ylov baliq, qora baliq, oqcha baliq, oq
amur, xumbosh, laqqa, latimeriya.
Yangi bo‘lsangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!
👍Layk tugmasini bosishni unutmang !
🔥Ajoyib kommentlar...