Milliy futbol markazida terma jamoamiz futbolchilari uchun barcha zamonaviy qulayliklar yaratilgan.
Bugun sizlarga terma jamoa oshxonasini namoyish etamiz. Futbolchilarning to‘g‘ri ovqatlanishi, tiklanishi va yuqori sport formasini saqlashi uchun bu yerda barcha sharoitlar muhayyo qilingan.
Bunday qulayliklar futbolchilarimizning professional tayyorgarligi va xalqaro maydonlarda munosib natija qayd etishida muhim ahamiyat kasb etadi.