#Videolar #Intervyu
📝 “OʻZBEKISTON – JAHON ILM-FANI VA MAʼRIFATINING BOQIY MANBAI”
👤 Anvar Ahmad ibn Gʻulom Muhiddin Hidiy Bagʻdodiy – Bulgʻor islom akademiyasi katta oʻqituvchisi, islomshunoslik fanlari nomzodi, dotsent (Rossiya)
- Allohning inoyati bilan yoshligimdagi eng katta orzularimdan biri ushaldi. Ilm-fan manbai va maʼrifat oʻchogʻi boʻlmish buyuk muhaddis Imom Buxoriy rahmatullohi alayhining Vatani – Oʻzbekiston zaminini ziyorat etar ekanman, qalbimda cheksiz quvonch va baxtiyorlik hissini tuymoqdaman. Yurtingizdagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish baxti nasib etgani uchun Yaratganga shukronalar aytaman va bu xayrli safarda koʻmak bergan barcha birodarlarimga minnatdorlik izhor etaman.
Oʻzbekiston oʻzining misli koʻrilmagan boy ilmiy tarixi hamda jahon tan olgan allomalari – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Muhammad Xorazmiy kabi buyuk buxoriylar va samarqandiylar merosi bilan dunyoning koʻplab mamlakatlari oldida ilm-fan peshvosi ekanini baralla ayta olaman. Bu zamindan yetishib chiqqan ulamolar butun olamga ilm nurini taratgan.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishib, bu yerda ajdodlar merosini zamon talablariga mos ravishda oʻrganish va yoritishdek sharafli vazifa ado etilayotganining shohidi boʻldim. Markazdagi boy kutubxona fondi, ayniqsa, nodir qoʻlyozmalar bu maskanning haqiqiy ilm xazinasi ekanidan dalolat beradi.
Fursatdan foydalanib, ushbu ulugʻvor ishlarni tashkil etgan rahbariyatga, Markazning barcha ilmiy xodimlariga va fidoyi xizmatchilariga oʻz minnatdorligimni izhor etaman. Alloh taolodan bu xayrli faoliyatda kuch-quvvat, ilmu maʼrifat yoʻlidagi xizmatlari evaziga ikki dunyo saodati va barakotini tilab qolaman..
🎥 (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇
bukhari.uz/
Yaqinlaringizga ulashing!
✅️
https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥
https://taplink.cc/bukhariuz