Senatning Reglament va odob komissiyasi yigʻilishida Fargʻona viloyati hokimi, senator Shuhrat Gʻaniyevning masalasi koʻrib chiqildi.
Shuhrat Gʻaniyev ijtimoiy tarmoqlarda oʻziga bildirilayotgan tanqidlar toʻgʻriligini va aybini tan oldi.
“Aybimni tan olaman. Har qanday jazoga loyiqman. Oʻzimni oqlash uchun biror soʻz topa olmayman...”- dedi hokim.
Komissiya majlisi yakunida Senat raisi Tanzila Norboyeva tomonidan Shuhrat Gʻaniyevga qatʼiy ogohlantirish va uch oylik sinov muddati berildi.