Bunga qadar Rishod Sobirov 2008 yili Pekin shahrida, 2012 yili esa London Olimpiya o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Har ikki Olimpiya o'yinlarida tajribali polvonimiz 60 kg. vazn toifasida sovrindorlar safidan o'rin egallagan bo'lsa, Rio-de-Janeyroda 66 kg. vazn toifasida Vatanimiz sharafini himoya qilib, dunyoning yetakchi polvonlaridan biri ekanligini amalda yana bir bora isbotladi.