Рауф Парфи шеърининг матни:
Балки ўчган эдим ёдингдан,
Ширин хаёлингни буздимми?
Лайло, Лайло, сенинг ёнингда
Япроқ каби кўрдим ўзимни,
Ширин хаёлингни буздимми?
Сени ўйлаб келмайдир уйқу -
Қора туннинг ўзга сеҳри бор.
Тушларимда топай деб гулрў
Ман ухларман мангу эҳтимол.
Гўзал тушлар тилайман, Лайло...
Яна пайдо бўлдинг йўлимда,
Яна йўлларингда бўзладим.
Бечора қалб сенинг қўлингда,
Кўзларингда менинг кўзларим.
Нечун пайдо бўлдинг йўлимда?..
Қўшиқ матни:
Балки ўчган эдим ёдингдан,
ширин хаёлингни буздимму...
Лайло! Лайло! Сенинг ёнингда
бир дам кўрмоқчийдим ўзимни.
Дилнавозим! Дилафгорим!
Ёнингга учай, Лайло!
Ҳисларимни йўлларингга
маржондек сочай, Лайло!
Сенга ёлғиз сақлаганим -
қалбимни очай, Лайло!
Агар ишқимни рад этсанг,
қайларга қочай, Лайло!
Яна пайдо бўлдим йўлингда,
йўлларингда яна бўзладим.
Бечора қалб – сенинг қўлингда,
кўзларингда – менинг кўзларим.
Дилнавозим! Дилафгорим!
Ёнингга учай, Лайло!
Ҳисларимни йўлларингга
маржондек сочай, Лайло!
Абулфайз Баротов
РАУФ ПАРФИНИНГ «ЛАЙЛО»СИ ЁКИ БИР МИШ-МИШНИ “ҲАҚИҚАТГА”ГА АЙЛАНТИРГАНИМ ХАҚИДА
1964-65 йиллар эди. Рауф Парфи шеъри билан айтиладиган «Лайло» қўшиғи ниҳоятда машҳур бўлиб кетган…
Қўшиқнинг афсонавор тарихидан эса кутилмаганда воқиф бўлганман.
Давомини сайтда ўқинг:
http://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/rauf-parfining-laylosi-bir-qoshig-tarixi.html
Abulfayz Barotov
RAUF PARFINING “LAYLO”SI YOKI BIR MISH-MISHNI “HAQIQATGA”GA AYLANTIRGANIM XAQIDA
1964-65 yillar edi. Rauf Parfi sheʼri bilan aytiladigan “Laylo” qoʻshigʻi nihoyatda mashhur boʻlib ketgan…
Qoʻshiqning afsonavor tarixidan esa kutilmaganda voqif boʻlganman.
Davomini saytda oʻqing:
http://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/rauf-parf...
Rauf Parfi sheʼrining matni:
Balki oʻchgan edim yodingdan,
Shirin xayolingni buzdimmi?
Laylo, Laylo, sening yoningda
Yaproq kabi koʻrdim oʻzimni,
Shirin xayolingni buzdimmi?
Seni oʻylab kelmaydir uyqu -
Qora tunning oʻzga sehri bor.
Tushlarimda topay deb gulroʻ
Man uxlarman mangu ehtimol.
Goʻzal tushlar tilayman, Laylo...
Yana paydo boʻlding yoʻlimda,
Yana yoʻllaringda boʻzladim.
Bechora qalb sening qoʻlingda,
Koʻzlaringda mening koʻzlarim.
Nechun paydo boʻlding yoʻlimda?..
Qoʻshiq matni:
Balki oʻchgan edim yodingdan,
shirin xayolingni buzdimmu...
Laylo! Laylo! Sening yoningda
bir dam koʻrmoqchiydim oʻzimni.
Dilnavozim! Dilafgorim!
Yoningga uchay, Laylo!
Hislarimni yoʻllaringga
marjondek sochay, Laylo
Senga yolgʻiz saqlaganim -
qalbimni ochay, Laylo!
Agar ishqimni rad etsang,
qaylarga qochay, Laylo!
Yana paydo boʻldim yoʻlingda,
yoʻllaringda yana boʻzladim.
Bechora qalb – sening qoʻlingda,
koʻzlaringda – mening koʻzlarim.
Dilnavozim! Dilafgorim!
Yoningga uchay, Laylo!
Hislarimni yoʻllaringga
marjondek sochay, Laylo!
Abulfayz Barotov
RAUF PARFINING “LAYLO”SI YOKI BIR MISH-MISHNI “HAQIQATGA”GA AYLANTIRGANIM XAQIDA
1964-65 yillar edi. Rauf Parfi sheʼri bilan aytiladigan “Laylo” qoʻshigʻi nihoyatda mashhur boʻlib ketgan…
Qoʻshiqning afsonavor tarixidan esa kutilmaganda voqif boʻlganman.
Davomini saytda oʻqing:
http://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/rauf-parf...