Hayot .......>>>>>>>
Ming bir orzularga boshlama hayot,
Söngra armonlarga tashlama hayot.
Yölimda uchradi mingta muammo,
Endi közlarimni yoshlama hayot.
Böldi barchasiga chidadim köndim,
Murdadek özimni öylarga kömdim.
Nahotki men sendan shunchalar töydim,
Endi azoblarga tashlama hayot.
Bag'ri tosh nomini oldim seni deb,
Mehribon nomini oldim seni deb.
Yöling uzra ketdim öyinchoq bölib,
Endi hijronlarga oshlama hayot.
Közlarimni yumsam men sendan nolib,
Kularmisan aytchi böldim deb g'olib.
Mening dardimni tushunib bilib,
Söngra mendek közing yoshlama hayot.