Bilaman dilingni og’ritganim rost, Yuragingni ezib, ko’z yosh kelguncha. Senga azob berdim, baxt bermadim rost, O’lganim yaxshiydi xayr deguncha… Qancha uzoqlashsam, shuncha yaqinman, Sabr qilolmadim baxtim kelguncha. G’azabda bo’lsang ham, buncha sokinsan O’lganim yaxshiydi sendan kechguncha… Alvido dedim-u, ko’zlarimda qon, Qanchalar talpindim, senga yetguncha. Ko’nglim ko’tarolmas, bitta ham jon, O’lsam bo’lmasmidi, sendan kechguncha… Sendan kechsam, hammasin unutadiganday, Shoshildim, alvido deya aytguncha. Yurak mendan kechib senga ketganday, O’lsam bo’lmasmidi sendan kechguncha… Ko’zingda yoshlarni ko’rib yig’ladim, Baxt bersam bo’lmasmi, azob berguncha. Qon qalbimni tomchilar bilan ti