Sovchi qo'ysam uyingga,
Ularni ham qiynabsan!
Biyrongina tilchangni birozgina tiymabsan!
Devona atab meni ranjitibsan onamni!
Tunday qoro etibsan menga yorug' olamni,
Aqling yo'qda sen qizni,
Osmondan xech tushmaysan!
Axvolimni tang qilib o'z ko'nglingni xushlaysan!
Bugun onam sen kabi kiyib to'nin teskari,
Holam bilan ketishmoqchi o'zi topgan qiz sari.
Yo'lin to'sib amallab so'zlarimga ko'ndirdim.
Bevafoga yoymagin!
Men vazifamni dondirdim...
Erta yana borishar uylaringa sovchilar,
Onajoning ko'nglini ovlagani ovchilar...
Sen ularga choy qo'yib,
Uy to'riga o'tkazgin!
Shoirni shu safar sharmandadan qutgazgin!
Xozir juda go'zalsan... qarab sira to'ymayman seni kordim d
Boy tog'aning oshi bor,
oshi to'la toshi bor.
boy qizin bir g'arib,
qul bilan ne ishi bor.
Qiyomatda qulga yuz,
o'girmaydi boy qizi.
o'sma o'pgan qoshidan,
o'ptirmaydi boy qizi.
O'ptirsa xam o'pmasman,
o'psam qadrim yeg'laydi.
boyga siring boy berma!,
boyda vafo bo'lmaydi!
boy qizini uzatdim,
boyvachchasin kuzatdim.
ketma deb u aytdi...
ketaver deb men aytim.
Zorim boru zo'rim yo'q,
ketsa mayli yor ketsin...
kanbag'alni kanbag'al
suyganiga ne yetsin...