))Sinfdoshdek yaqin doʼst boʼlmas((
Ulgʼayibmiz koʼrdik dunyoni
Sinovlar goh teshgudek jonni
Doʼst axtarib bildim men shuni
Sinfdoshdek yaqin doʼst bo'lmas
Doʼstim deysan allakimlarni
Ular uchun ochib dillarni
Begona doʼst uzoqdir bari
Sinfdoshdek yaqin doʻst boʼlmas
Bolalikdan quvlashib yurgan
Urushsang ham zimdan kechirgan
Kerak boʼlsa jonini bergan
Sinfdoshdek yaqin doʼst boʼlmas
Kasal boʼlsang holingni soʼrgan
Yaxshi yomon kuningda turgan
Sening uchun qaddini urgan
Sinfdoshdek yaqin doʼst bo'lmas
Boy kambagʼal farqiga bormas
Davralarda yuzingga solmas
Puling uchun sohta doʼst emas
Sinfdoshdek yaqin doʼst boʼlmas
Yonimda yur, oʼla-oʼlguncha
Xudo bilar yashaymiz qancha
Sinfdosh tur d