Mag'rur boshim egib ko'ksingga bosib,
Qaynoq labing ila asta o'pasan.
Ko'zlarimga jovdiran uzoq termulib,
Qo'llarimdan qo'ling uzib ketasan.
Buncha shoshilmasang hijron bog'ingga,
Axir anda gul emas tikan terasan.
Shuncha jabr yetmasmi yoshlik choginga,
Nahot keksayganda ham yiglab o'tasan.
Kel ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz,
Sevgimiz baxtidan doston bitaylik.
Sevgimiz tillarda afsona bo'lib,
Sevishganlar yo'liga bir nur tutaylik.
Ranjisada o'n yillik azobdan yurak,
Urib turar chunki unda bor tilak.
Boshqasi istakmas bir sendan bo'lak,
Bizlarga sen, sen BEGIM kerak.
Istagim qalbingda tanho gul bo'lay,
Ishqingda bir umr yonib kul bo'lay.
Masxara aylatma ul zag'chalarga,
Bog'ingda sayragan b