___Ushlash uchun qo’l berding,
___So’zlash uchun til berding,
___Hidlash uchun gul berding,
___Robbim senga ko’p shukr.
___Yurishga oyoq berding,
___Tinglashga quloq berding,
___Og’iz,tish, tomoq berding,
___Robbim senga ming shukr.
___Shu go’zal chechak uchun,
___Uchgan kapalak uchun,
___Osmonu falak uchun,
___Robbim o'zingga shukr.
___Otam va Onam uchun,
___Ajoyib olam uchun,
___Barcha ne’mating uchun,
___Ollohim senga ming shukr