Dunyoga kelishimni intizor kutgan, Bolam deb boru yo‘g‘ini tutgan, Mani deb o‘zini yo‘qdek unutgan Men uchun muqaddas inson – Onajon. Kulsam kular, yig‘lasam ma’yus boqar, Meni deya qora sochi oqargan, Meni ne xatarli yo‘ldan qaytargan Men uchun muqaddas inson – Onajon. Onajon. Baxtim ko‘p chopganda suyunib kulgan, Omadim gar ketsa duolar qilgan, Hech kim qolmaganda yonimga kelgan Men uchun muqaddas inson – Onajon. Boshingga yog‘sa gar g‘avg‘oyu tashvish, Hatto sevgan yor ham tashlab ketarmish, Mard do‘stlaring orqangdan tarqatsa mish-mish, Sen uchun yig‘lagan ma’yusu xomush, Ayting-chi, do‘stlar, ona emasmi?