Avvalo hech kimsani,
Boshiga ish tushmasin.
Ish tushsa gar boshiga,
Chin do'stlari qochmasin.
Qochsalar chin do'stlari,
Yana bag'rin ochmasin.
Do'stni do'st ekanligin,
Ishing tushsa bilarsan.
Chin do'stlar yog'ingda do'st,
Yiqilgan chog'ingda do'st.
Bemor bo'lsang holingdan,
Xabar olsa shunda do'st.
Do'stim yoq deb kuyunma,
Izlama hech urunma.
XUDO bersa dastingga,
Bosgan qadamingda DO'ST !!!