Mayli bu dunyoda bölmasin bog'im, yuzimda bölsa ham oy kabi dog'im,sendan söraganim bor meni Robbim,jonimni iymonsiz olma Ollohim. Hamma sinovingga qilaman sabr,borar joyim tayin torgina qabr,sendan söraganim faqatgina bir, jonimni iymonsiz olma Ollohim. Yondir meni mayli dunyo ötida,qoldirsang roziman zamon ortida,birgina tilagim ajal oldida, jonimni iymonsiz olma Ollohim...