Umr o'tar tush kabi,
Oqar suvdek oqar yil.
Ey qanotsiz qush kabi,
Kechir meni ey ko'ngil.
Kimni sevdim ishonib,
Dilroziga quvonib,
Lovillap ketding yonib,
Kechir meni ey ko'ngil.
Bog'lar kezib bog'imda,
O'sha yoshlik chog'imda,
Sen eding ardog'imda,
Kechir meni ey ko'ngil.
Sevib sevilmaganim,
Qadri bilinmaganim,
Bilmam kim do'st, kim g'anim,
Kechir meni ey ko'ngil.
Ozorlarga otilding,
Bozorlarda sotilding,
Nega dunyoga kelding,
Kechir meni ey ko'ngil.
Umr o'tar tush kabi,
Oqar suvdek oqar yil.
Ey qanotsiz qush kabi,
Kechir meni ey ko'ngil.
Qilma o'zing beqadir,
Sabr qil jonim, sabr,
Yetkazdim senga jabr,
Kechir meni ey ko'ngil.